Milliy terma jamoa Dubaydagi yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi
15 dek 2014 11:09
Yangiliklar

Milliy terma jamoa Dubaydagi yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Dubay shahridagi ilk yig'inini yakunlab 14 dekabr kuni Toshkentga qaytib keldi.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubay shahrida 2 dekabrdan 14 dekabrgacha ikki bosqichdan iborat yig'inning dastlabkisini o'tkazdi. Ushbu yig'in davomida milliy terma jamoa ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab, 4 dekabr kuni Yangi Zelandiyaning Oklend klubiga qarshi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 13 dekabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi o'yinda Qosimov shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 bahslariga tayyogarlik jarayoni ikki bosqichga bo'linadi va ularning ikkinchisi 17-29 dekabr kunlari BAAda davom etadi. Ushbu yig'in davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya (20 dekabr) va Iroq (25 va 28 dekabr) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Fikrlar