So’nggi yangiliklar

12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  3 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29

Milito, El SHaaravi, Piontek. "Jenoa" Eldor uchun ham "tramplin" bo'ladimi? Yangiliklar

Milito, El SHaaravi, Piontek. "Jenoa" Eldor uchun ham "tramplin" bo'ladimi?

Eldor SHomurodovga "Roma" va "Yuventus"ning qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Davide Ballardini hamyurtimizni sotishni taqiqlagan. Ammo transfer oynasi yopilishiga ancha borligini hisobga olsak, hamma narsa bo'lishi mumkin. Eldorning Mourinyu yoki Allegri qo'l ostida o'ynashi imkonsizdek ko'rinayotgan bo'lsa-da, Genuya klubi yaxshi "tramplin" hisoblanadi. Quyida "Jenoa" yangi darajaga olib chiqqan bir qator futbolchilar haqida malumot beramiz.

Diego Milito → "Inter"

2004 yil yanvar. "Jenoa" B Seriya ishtirokchisi edi. Qishki transfer mavsumida Argentinaning "Rasing" jamoasidan 24 yoshli Milito olib kelinadi. Keyinchalik "Inter" bilan treblt qayd etgan va yilning eng yaxshisi sifatida etirof etilgan forvardning "Qo'hna Qita"dagi faoliyati Italiya chempionatining quyi divizionidan boshlangandi.

Stefan El-SHaaravi → "Milan"

Bir paytlar "Milan"da porlagan Stefan yaqin kelajakning eng zo'r futbolchisi bo'lishi taxmin qilingan edi. U "rossonerilar" safiga 2011 yilda  "Jenoa"dan kelib qo'shilgandi. Genuya klubi mazkur transferdan 20,3 mln evro ishlab olgan.

Sokratis Papastatopulos → "Milan"

Siz "Borussiya D" va "Arsenal"dagi o'yinlari orqali yaxshi taniydigan greciyalik himoyachi top-5 ligalarda umuman o'ynamasligi mumkin edi, agar "Jenoa" 2008 yilda AEKdan sotib olmasa. Sokratis Genuyadagi o'yinlaridan keyin "Milan" nazariga tushdi. "Rossonerilar" Papastatopulosning transferi uchun 4,5 mln evro to'lagandi. Biroq, grekning "modalar shahri"dagi sarguzashtlari omadsiz chiqdi.

Rodrigo Palasio → "Inter"

G'alati soch turmagi bilan tanilgan argentinalik futbolchining Evropadagi faoliyati aynan B Seriyada ishtirok etayotgan "Jenoa"Da boshlangandi. Uni 2012 yilda Milanning "Inter"klubiga sotgan genuyaliklar 10,5 mln evro foyda qilgandi.

Tomas Rinkon → "Yuventus"

Venesuelalik yarim himoyachini2014 yilda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olgan "Jenoa" 3 yildan keyin "Keksa sinora"ga 8 mln evro evaziga sotgandi.

Kshishtof Pyontek → "Milan"

Polshalik forvardning keyingi faoliyati omadsiz chiqayotgan bo'lsa-da, Italiyadagi ilk qadamlari shov-shuvlarga sababchi bo'lgandi. SHu tufayli "Milan" Kshishtof uchun 35 mln evroni o'ylab o'tirmay "Jenoa" hisob raqamiga o'tkazib bergan.

Kristian Romero → "Yuventus"

"Jenoa" Romeroni 2018 yilda Argentina chempionatidan olib kelgandi (4 mln evro evaziga). 1 yildan keyin esa "Yuventus"ga 26 mln evroga sotdi.

SHuningdek, Jovani Simeoni va SHime Vrsalkoning top-ligalardagi faoliyati ham "Jenoa"da boshlangan. Nima deb o'ylaysiz, SHomurodov ularning aanasini davom ettirib katta klublardan biriga o'ta oladimi?

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика