Militao "Madrid"dan tez ketishi kerak: 60 soniyada buning sababini tushuntirib o'tamiz
06 apr 2020 14:01
Yangiliklar
Militao "Madrid"dan tez ketishi kerak: 60 soniyada buning sababini tushuntirib o'tamiz
Eder Militao "Qirollik klubi"ga himoya chizig'ini yanada mustahkamlash uchun taklif qilingandi.
Biroq oradan deyarli bir yil o'tib, futbolchi Ispaniya poytaxtidagi faoliyatini omadli deb ayta olmaydi.
Xop, nega futbolchi va "Madrid"ning yo'llari boshqa-boshqa?
- Eder hozirgi holatda Ramos va Varan bilan chinakamiga raqobatlasha olmaydi;
- Militao - Evropa Ittifoqidan emas, "Real" ushbu o'ringa jamoa uchun foydaliroq futbolchini kiritishi mumkin;
- Klub rahbariyati 22 yoshdagi boshqa kuchli markaziy himoyachi topa olishiga ishonmoqda;
- Uning transferidan "Real Madrid" 50 mln evro atrofidagi mablag' ishlab olishi mumkin;
- Bu Militao uchun ham foydali bo'ladi: futbolchi ortiqcha bosimsiz o'ynab, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi va yanada o'sishga erishishi mumkin.
Sizning bu boradagi fikringiz qanday? Kech bo'lmasidan himoyachi bilan xayrlashish kerakmi?
Fikrlar