Milanning ikki grand jamoasiga eronlik hujumchi kerak
18 iyu 2023 09:15
Yangiliklar


Milanning ikki grand jamoasiga eronlik hujumchi kerak
Portu hujumchisi Mexdi Taremi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Janluka Di Marcioning yozishicha, eronlik hujumchiga «Milan» va «Inter» qiziqish bildirmoqda. Portugal klubi jamoa to'purari uchun 30 mln evro so'rayotgan bo'lsa-da, 25 mln evro va qo'shimcha bonus evaziga Taremi bilan xayrlashishi mumkin. Mexdining agenti Jorje Mendesh sanaladi.
Mexdi Taremi o'tgan mavsum jami 50 o'yinda 31ta gol va 10ta assistga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar