So’nggi yangiliklar

16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  0 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  3 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  13 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  2 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  3

"Milan"ni CHempionlar ligasiga qaytaring. Italiyaliklar "Bavariya"ni "sochib tashlashdi" (foto) Yangiliklar

"Milan"ni CHempionlar ligasiga qaytaring. Italiyaliklar "Bavariya"ni "sochib tashlashdi" (foto)

"Bavariya" hamda "Milan" o'rtasida CHempionlar Kubogi turniridan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.


5. Uchrashuvning 5-daqiqasi o'tib bormoqda. Bu vaqt ichida italiyaliklar "Bavariya" darvozasi tomon 2 ta zarba berishga muvaffaq bo'lishdi. Biri aniq, ikkinchisi noaniq.

10. Riberi o'z qanotidan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, biroq u o'z fintida adashib qoldi va Kessi to'pni undan olib qo'ydi.

12. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik nemislarda. 60%-40%

14. GOOLL! Rikardo Rodriges chap qanotdan to'p erlatib jarima maydonchasiga tashlab berdi. Himoyachilar qaytargan to'pni Kessi darvozaga mixlab qo'ydi. 0:1

18. Nemis grandi turli uslublarda hujumga o'tishga harakat qilmoqda, biroq hozircha "Milan" himoyasi va yarim himoyasi xatoga yo'l qo'ymayapti.

20. Nyang chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni erlatib uzatdi, biroq bu safar himoyachi to'pni o'z darvozaboniga olib berdi.


Stadionga tashrif buyurgan "Bavariya" muxlisasi

25. GOOOOLLLLL! Hisob 0:2. Rikardo Rodriges jarima to'pini raqib darvozasi maydonchasiga tashlab berdi, Kutrone esa bosh bilan zarba berib, posbonga imkon qoldirmadi.

30. Xuan Bernat maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga uchrashuvni avstriyalik Marko Freydl davom ettiradi.

33. Riberi o'z qanotidan yana yorib kirishga urindi va to'pni Myullerga uzatdi. Tomas to'pni o'zida ko'p ushlab qoldi va raqiblar hujumni bartaraf etishdi.



Hozircha shu tarkibning o'zi "Bavariya"ni jazolamoqda. Bonuchchi, CHalxonoglu kabi futbolchilar maydonga tushsa nima bo'ladi?

39. "Bavariya" "Milan" jarima maydonchasi chizig'i ustida standart ishlab oldi. To'p qarshisida Alaba, Myuller va Levandovski. Levandovski zarba berdi, to'p jonli devorga tegdi, qaytgan to'pni Myuller darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq ikkichi urinish ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

41. Frank Riberi chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va uzoq burchakka zarba berish o'rniga, maydoncha ichidagi futbolchilarni aldashga kirishib ketdi. Ketma-ket futbolchilarni aldab o'tgan Riberi to'pni noaniq manzilga uzatdi.

43. "Milan" qarshi hujumga o'tdi. Nyang chap qanotdan ochilib kelayotgan jamoadoshiga to'pni uzatdi va o'sha futbolchi Kutroneni qidirib topdi. Patrik esa hisobni yiriklashtirdi. QOYIL! 0:3



"Milan"ni CHempionlar ligasiga qaytaring!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi. "Bavariya"ga dam olish imkoni berildi. "Milan" esa ikkinchi jangovar tarkibni tayyorlamoqda.

TANAFFUS


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikki jamoa tarkibida ham o'zgarishlar mavjud.

Montolivo - Biglia. Kutrone - Andre Silva. Abate - Konti.

Riberi - Xames Rodriges. Xummels - Sanshesh.

49. "Milan" ikkinchi bo'limda ham juda faol. Hujumlar to'xtamayapti.

52. Riberi qanotiga o'tgan Kingsli Koman tezroq gol urib, oradagi farqni qisqartirmoqchi. Biroq "Milan" himoyachilari juda tartibli o'yin ko'rsatishmoqda.

55. Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga deyarli 40 ming muxlis tashrif buyurdi.

57. MYULLER! Tomas 25 metr uzoqdan darvozani nishonga olishga urindi, biroq u "Milan" darvozasini Janluiji Dollar kechirasiz, Donnarumma qo'riqlayotganini unutib qo'ygan ekan. Zarba qaytarildi.



Patrik Kutrone. Birinchi bo'lim qahramoni!


62. "Milan" tarkibida yana o'zgarish.

Rikardo Rodriges - Luka Antonelli. Sapata - Bonuchchi. Borini - CHalxanoglu.


69. Darvozaga aniq zarba berish bo'yicha ustunlik "Milan"da. 1-6. Hisob ham shunga yarasha.

73. Ikki jamoa futbolchilariga suv ichish uchun imkon berildi.

76. Tomas Myuller Donnarumma bilan birga-bir chiqdi, biroq u zarba berish o'rniga jamoadoshiga to'pni uzatdi va hujum yo'qqa chiqdi.

77. "Milan" tarkibida yana o'zgarish.

Musakkio - Paletta. Nyang - Gustavo Gomes. Kessi - Sosa. Bonaventura - Mauri. Janluiji Donnarumma - Antonio Donnarumma.



Vinchenco Montella kelasi mavsum A Seriyada hukmronlik qilmoqchi


84. GOOOOOLLLL!!! CHalxanoglu Eden Azar kabi chap qanotdan markazroqqa o'tdi va Isko uslubida yaqin burchakni nishonga oldi. BARAKALLA! 0:4

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5+ daqiqa qo'shib berildi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI! SENSACIYA QAYD ETILDI!


"Bavariya" - "Milan" 0:4

Gol: Kessi 14, Kutrone 24, 43, CHalxanoglu 84.

"Bavariya": Fryuxtl, Xummels (Renato Sanshesh 46), Riberi (Xames Rodriges 46), Martines, Levandovski, Rafinya, Bernat (Freydl 30), Tolisso, Myuller, Alaba, Koman.

"Milan":Donnarumma (A. Donnarumma 80), Abate (Konti 46), Sapata (Bonuchchi 63), Musakkio (Paletta 78), Rikardo Rodriges (Antonelli 63), Kessi (Sosa 79), Montolivo (Biglia 46), Bonaventura (Mauri 79), Nyang (Gomes 79), Kutrone (Andre Silva 46), Borini (CHalxanoglu 64).

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика