"Milan" Xamesni tarkibga qo'shib olishni istamadi
11 avg 2021 22:14
Yangiliklar
"Milan" Xamesni tarkibga qo'shib olishni istamadi
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Milan"ga o'tmaydi.
"Tuttosport" xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchini tarkibiga qo'shib olishdan bosh tortgan. Oldinroq "Everton" futbolchining xizmatlarini "Milan"ga taklif qilgani borasida malumotlar berilgandi. SHu paytda Mersisayd klubi rahbariyati futbolchi uchun jamoa izlashda davom etmoqda. Kolumbiyalik xavbek "CHelsi"ga o'tishi ham mumkin.
Xames 2020 yili "Real"dan "Everton"ga erkin agent sifatida o'tgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 6 gol va 5 assist qayd etdi. Futbolchi yangi mavsum arafasida Rafael Benitesning rejalariga mos tushmayotgani bois jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.
Fikrlar