"Milan" Tyago Motta xizmatlariga qiziqib qoldi
06 jan 2015 14:41
Yangiliklar


"Milan" Tyago Motta xizmatlariga qiziqib qoldi
Italiya terma jamoasi va PSJ yarim himoyachisi Tyago Motta qishki transfer oynasida "Milan"ga o'tishi mumkin.
Bu haqda futbolchining agenti Alessandro Kanovi xabar berdi.
"Agar klub Tyago Motta kabi futbolchining xizmatlariga shubha bilan qarasa, bu darajadagi o'yinchi jamoada qolmasligi mumkin. Bizga aniqlik kerak, aks holda biz boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. Yanvar - uzun oy, biz kerakli paytni tanlaymiz. Bunday vaziyat yuzaga kelayotganidan afsusdamiz, chunki klubning muammolari - Tyagoniki emas.
Men ko'plab qo'ng'iroqlarni qabul qildim. Ayniqsa "Milan" vakillari ancha faol, chunki ular Nayjel de Yongning kelajagigi shubha bilan qarashyapti. Aniq takliflar yo'q, ammo "Milan" bu futbolchiga jiddiy etibor beryapti" - deydi Kanovi.

Fikrlar