"Milan" Teo Ernandesni PSJga sotishdan bosh tortdi
14 iyu 2021 21:56
Yangiliklar
"Milan" Teo Ernandesni PSJga sotishdan bosh tortdi
Francuz klubi himoyachi uchun 40 mln evro taklif qilgan.
PSJ himoyachi Teo Ernandes uchun "Milan"ga rasmiy murojaat bilan chiqdi.
Parijliklar futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishdi, ammo rad javobini oldi.
Eslatib o'tamiz, "rossonerlar" futbolchini ikki yil oldin "Real"dan 21,5 million evroga sotib olgandi.
Teoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar