"Milan" sardori yil oxirigacha safdan chiqdi
03 okt 2022 18:19
Yangiliklar
"Milan" himoyachisi va sardori Davide Kalabriya Italiya A Seriyasi doirasidagi "Empoli"ga qarshi bahsda orttirib olgan jarohati bois yil so'ngiga qadar maydonga tushmaydi.
Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar bermoqda.
"Rossoneri" etakchisining tizzasidan olgan jarohati uni uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmasligiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, "qizil-qoralar"ning yana 8 nafar futbolchisi jarohatlangan ro'yxatini to'ldirib turibdi.
Oldinroq "Milan" italiyalik iqtidorga qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar