“Milan” o'tgan mavsum yakuniga ko'ra rekord darajada mablag' yo'qotgani ma'lum bo'ldi

17 okt 2019, 08:11
Milanliklar 2018/19 yilgi mavsum yakuniga ko'ra hisobotni e'lon qildi.

Unga ko'ra, “Milan” o'tgan mavsum 145,9 mln evro yo'qotgan. Bu esa “Milan”ning avvalgi antirekordidan 20 mln evroga ko'p. Ammo klubning umumiy mablag' aylanmasi 5,1 foizga o'sgan. Shu bilan bir qatorda homiylardan keladigan daromad 6,7 mln evroga kamaygan. Chiptalar savdosiga ham putur etgan. Asosiy xarajatlar esa o'yinchilarni ijaraga olish va mashg'ulotlar bazasini rekonstrukciya qilishga sarf etilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport