“Milan” Nainggolan uchun 7 million evro va Kristanteni bermoqchi
03 jan 2014 10:16
Yangiliklar


“Milan” Nainggolan uchun 7 million evro va Kristanteni bermoqchi
“Milan” Raji Nainggolanning transferi bo'yicha “Kalyari” bilan muzokaralarni davom ettiradi.
“Rossoneri”lar 25 yoshli Belgiya terma jamoasi futbolchisi uchun 7.5 million evro va 18 yoshli yarim himoyachi Brayan Kristanteni taklif etishayapti, deb xabar beradi Italian Football Daily.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachiga “PSJ” ham qiziqmoqda.
Ushbu mavsumda Italiya chempionatining 16 ta o'yinida maydonga tushgan Nainggolan, 2 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar