So’nggi yangiliklar

00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  1 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  15 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0

Milan Mitrovich: "So'g'diyona" futbolchilariga "Jentra" sovg'a qilinadi? Hozir bir narsa deyishim qiyin” Yangiliklar

Milan Mitrovich: "So'g'diyona" futbolchilariga "Jentra" sovg'a qilinadi? Hozir bir narsa deyishim qiyin”

Superliga 23-turidan o'rin olgan “Surxon” va “Sug'diyona” uchrashuvidan oldin, jizzaxliklar posboni Milan Mitrovich o'yin oldi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Milan, dastlab bo'lajak bahs haqida ikki og'iz...
- Oldinda oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi. Qolgan bahslar ham shunday qiyin o'tishiga shubham yo'q. Alo kayfiyat, yaxshi tayyorgarlik bilan Termizga yo'l olyapmiz. Maqsadimiz o'zimiz istagan futbolni namoyish etib, uch ochkoga ega chiqish. Uchinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga egamiz. Biz qadam va qadam, bosqichma-bosqich bunga intilib kelyapmiz. O'yindan o'yinga niyatimiz sari yaqinlashmoqdamiz.

- Bir haftada uchta o'yin o'tkazasizlar. Ikki bor safarda. Boz ustiga, so'nggi tur eng yaqin taqibchingiz “Bunyodkor”ga qarshi bo'ladi...
- Hamma o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Bizda aniq bir ajralib turadigan o'yinchi yo'q. Barchamiz bir oilamiz. Birgalikda va birlashgan holda to'p tepsak,uchta o'yinda ijobiy natija qayd eta olamiz. Hozirgacha shuning evaziga muvaffaqiyatga erishib kelyapmiz.



- Eshitshimizga qaraganda jamoa kuchli uchlikni zabt etsa "Jentra" avtomobillari berilar ekan...
- Yaratganning ko'magi shuningdek, o'z o'yinmiz, kurashuvchanligimiz, fidoyiligimiz bilan shu darajaga ko'tarildik. "Jentra" va bir qator bonuslar haqida aniq bir narsa deyishim mushkul. Agarda, uchinchi pog'onada mavsumni yakunlasak tarixda birinchi marotaba bunday mavqega ega bo'lamiz.

- Ko'p hollarada futbolchilar sizning darvozangizni uzoqdan ishg'ol qilishga urinishadi. Superliga klublaridagi qaysi futbolchilarni bu borada mahoratli deb hisoblaysiz?
- Ha, bunday o'yinchilar etarlicha topiladi. Slavko Lukich, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov kabilar istalgan vaqtda kutilmagan zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qilishadi. Darvozabonlarga bunday vaziyatlarda o'ta qiyin bo'ladi. Ular yo'llaydigan zarbalar oddiy bo'lmaydi, to'p traektoriyasi ham o'zgarib ketadi, natijada uning yo'nalishini topa olmaysiz. Yuqorida keltirilgan futbolchilar bizga shu kabi ajoyib gollarni urishgan. Qo'shimcha sifatida aytishim mumkinki, yaxshigina dribling, tezkorlik va individual harakatlar evaziga raqibini murakkab ahvolga soladigan o'yinchilar ham etarli Superligada. Misol uchun, bugungi kunda "Paxtakor" safida o'ynayotgan Dragan CHeran va Jaloliddin Masharipov kiperlar uchun noqulay futbolchilar hisoblanishadi

- Milan, samimiy suhbat uchun tashakkur. Muxlislarga aytadigan so'zingiz bo'lsa, marhamat.
- Etibor qaratib, intervyuga taklif qilganingiz uchun sizga ham rahmat. Ishqibozlardan har doim jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Ularsiz futbol o'z jozibasini yo'qotishi turgan gap.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика