"Milan" Leau bilan shartnomani uzaytirdi
02 iyu 2023 20:13
Yangiliklar
"Milan" Leau bilan shartnomani uzaytirdi
"Milan" matbuot xizmati Rafael Leau bilan shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
23 yoshli futbolchi va "Milan" o'rtassidagi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi. Unga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 5 mln evroni tashkil qiladi va tovon puli 175 million evro qilib belgilandi.
Rafael 2019 yilda Milan klubiga ko'chib o'tgandi. SHundan buyon u jamoa tarkibida 162 o'yinda 41 gol va 29 assist qayd etdi. Portugaliyalik futbolchi jamoa bilan birga o'tgan mavsumda skudettoni yutdi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilindi.
Leau A Seriyaning ushbu mavsumda 34 o'yinda 13 gol va 8 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar