"Milan" Koutinoga qiziqish bildirmoqda
28 iyu 2021 19:58
Yangiliklar
Italiyaning "Milan" klubi "Barselona"ning braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinoga qiziqish bildirmoqda. Klublar allaqachon transfer borasida muzokaralarni boshlashgan, ammo italiyaliklar futbolchining yuqori maosh talab qilishidan cho'chimoqda. Koutino ayni paytda "Barselona"da yiliga 12 million evro maosh oladi. Futbolchining "ko'kanorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda nihoyasiga etadi.
"Milan" etakchilaridan biri Xoqon CHalhanog'lu klubdan ketganidan keyin va yana bir lider Frank Kesse jamoa bilan xayrlashishi mumkinligini hisobga olgan holda klub o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, "Rossonerlar" uzoq vaqtdan buyon ilk marta CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi hamda ushbu turnirda Koutino darajasidagi o'yinchilarga muhtoj. SHu bilan birga, braziliyalik futbolchi "Kamp Nou"da o'zini ko'rsata olmayapti.
Eslatib o'tamiz, Koutino bundan oldin Milanning boshqa bir klubi "Inter"da o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar