"Milan" Keshni sotib olish ilinjida
12 iyu 2024 21:00
Yangiliklar
"Milan" Keshni sotib olish ilinjida
"Milan" "Aston Villa"ning o'ng qanot himoyachisi Metti Keshni sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishdi.
Kesh 2020 yildan beri "Villa" safida to'p tepadi va o'tgan mavsum Premer-ligada 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Metti Unai Emeri jamoasining CHempionlar Ligasiga yo'l olishiga yordam berdi, biroq boldir mushaklaridagi jarohatdan tiklanishga ulgurmagani bois Polsha terma jamoasining Evro-2024 uchun qaydnomasiga kira olmadi.
26 yoshli Keshning shartnomasi tugashiga 3 yil bor, ammo "Milan" so'ralgan 20 million funtni to'lasa, uni ushbu transfer oynasida qo'yib yuborishga tayyor.
"Villa"ning Keshni qo'yib yuborishga tayyorligi moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bevosita bog'liq – birmingemliklar idealda kelishuvni 30 iyungacha yakunlash niyatida, deb xabar berdi "TalkSPORT".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar