"Milan" himoyachisi "Istanbul Bashakshexir"ga o'tdi
12 jan 2021 00:55
Yangiliklar


"Milan" himoyachisi "Istanbul Bashakshexir"ga o'tdi
"Milan" himoyachisi Leo Duarte faoliyatini "Istanbul Bashakshexir"da davom ettiradi.
Milanliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 24 yoshli himoyachi 2022 yilning yoziga qadar istanbulliklar sharafini himoya qiladi. Ijara muddati yakunlanganidan keyin "Istanbul" futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"Milan" Duarte bilan 2019 yilning yozida shartnoma imzolagandi. O'shanda uni sotib olish uchun klub "Flamengo"ga 10 mln evro to'lagandi. U ushbu mavsumda barcha turnirlarda 3 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar