So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Derbida "Milan" g'olib, yangi futbolchilar "Yuventus"ga 3 ochko keltirdi - A Seriya 24-tur yakunlari Yangiliklar

Derbida "Milan" g'olib, yangi futbolchilar "Yuventus"ga 3 ochko keltirdi - A Seriya 24-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari qiziqarli bellashuvlarga boy bo'ldi.

"Yuventus" "Verona"ni mag'lub etdi (2:0)

Qizig'i shundaki, "keksa sinora"ning ikki yangi o'yinchisi ham asosiy tarkibdan maydonga tushdi. Allegri bu ishidan umuman afsuslanmagani aniq. "Yuve" sotib olish uchun juda shoshgan Vlaxovich ham darhol o'zini ko'rsatdi. Uning dastlabki kuchli zarbasini darvozabon qaytardi. Biroq oradan bir necha daqiqa o'tib, Dibala serbga ajoyib pas berdi. Natijada Dushan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Vlaxovich dubl qilishga yaqin edi. Ammo Morataning havodan etkazib bergan to'pini Dushan darvozaga joylay olmadi. "Verona" esa aytarli hujum qilmadi va deyarli xavfli vaziyat yarata olmadi.

Morata orqaroqqa qaytib, sheriklariga qo'shimcha variant yaratardi va shu tariqa jamoasiga katta yordam berardi. SHunday vaziyatlardan birida Zakariaga to'pni uzatdi, Denis esa imkoniyatdan unumli foydalandi va gol urdi. "Yuventus" shu bilan to'xtab qolmadi va raqib darvozasini yana ishg'ol qilishga shoshildi. Biroq boshqa gol bo'lmadi. Natijada "Yuventus" muhim g'alabasini qo'lga kiritdi va etakchilarga yaqinlashib oldi.


"Milan" derbida kuchliroq chiqdi (1:2)

Bu o'yin ikki jamoa uchun ham juda muhim edi, chunki ikkisi ham skudetto uchun kurashishmoqda. "Neradzurri" o'yinni faolroq boshladi. Brozovichning zarbasi va rikoshetdan keyin Manyanga oson bo'lmadi, lekin posbon jamoasini qutqardi. Lautaro, Barella, biroz o'tib esa Dyumfris qulay imkoniyatga ega bo'ldi va zarba yo'lladi, ammo har safar Manyan pand bermadi. "Milan"ning javob hujumida Benasser Xandanovichning reakciyasini tekshirib ko'rdi. "Inter" ustunlikka ega bo'lsa-da, Maykning ishonchli harakatlari kattagina ustunlik hisobda ham aks etishiga imkon qoldirmadi. Biroq taym oxiriga yaqin "Inter" hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. CHalxanogluning burchakdan uzatgan to'pini Perishich bir zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Tanaffusdan so'ng, Pioli maydonga Mesyas va Diasni tushirdi. Natijada "Milan" asta-sekin tashabbusni qo'liga ola boshladi. Avvaliga "rossoneri"ning qator hujumlari unchalik ham xavfli chiqmadi, biroq oxir-oqibat "ko'k-qoralar"ning himoyasini "yorib" kirishdi. Diasning zarbasi va qator rikoshetlar seriyasidan so'ng, o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganda, Jiru hisobni tenglashtirdi. Oradan yana 3 daqiqa o'tib, Kalabriya jarima maydoniga to'pni oshirdi, u erda esa to'pni qabul qilgan Jiru bir urinishdayoq gol urib, dubl qayd etdi. "Inter" javob qaytarmoqchi edi, lekin uddasidan chiqolmadi. "Milan" derbida muhim g'alabasini qo'lga kiritdi va etakchidan 1 ochko ortda qolmoqda. Nazarimizda, "Inter" o'yinni tashkil qilish borasida yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak.


"Veneciya" "Napoli"ga yutqazdi (0:2)

Avvaliga Veneciyaga bo'ladigan safar neapolliklar uchun unchalik qiyindek tuyulmagandi. Osimxen Zelinskiyning pasidan so'ng, 5-daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi, lekin to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. Umuman olganda, polyak 1-taymda juda faol harakat qildi. Uning havodan oshirgan to'pi va Ruisning bergan pasidan so'ng, Politano biroz noaniq zarba berdi. Taym oxiriga yaqin Osimxen bergan zarbasi yana shtangaga tegib qaytdi. "Veneciya"da ham gol urishi uchun imkoniyati etarli edi, ammo Okereke buning uddasidan chiqolmadi.

Tanaffusdan so'ng vaziyat o'zgarmadi, "Napoli" hujum qilishda davom etdi va maqsadiga erishdi. Politanoning havodan etkazib bergan pasidan so'ng, Osimxen boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Veneciya" hujum qilishga harakat qilmoqchi edi, ammo Kalidu Kulibalisiz "Napoli"ning himoya chizig'i bunga yo'l qo'ymadi. Spallettining o'yinchilarni almashtirishi o'yinni jonlantirib yubordi. Avvaliga Petanya jarima maydoni burchagidan kuchli zarba berdi, lekin Lecceri to'pni qaytardi. Biroq bahsning so'nggi daqiqalarida Petanya jamoasi hisobiga yana bitta gol yozdirib qo'ydi. "Napoli" navbatdagi g'alabasiga erishdi, "Veneciya" esa yana xavfli zonada bo'lib turibdi.


"Lacio" "Fiorentina"ni mag'lub etdi (0:3)

"Fialkalar"ning yangi futbolchisi, Vlaxovichning o'rnini bosishi kerak bo'lgan Kabral, asosiy tarkibdan maydonga tushdi. Havodan to'p etkazib berishganidan so'ng, ajoyib zarba berdi, ammo "burgutlar" posboni to'pni qaytardi. Umuman olganda, ikki jamoaning himoyasi ham ishonchli harakat qildi.

Ikkinchi bo'lim boshida Cakanya qanotdan ajoyib uzatma bilan "fialkalar" himoyasini dog'da qoldirdi, jarima maydonchasiga yorib kirgan Milinkovich-Savich esa darvozani ishg'ol qildi. Keyingi epizoddayoq Bonaventura jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, biroq takroriy lavhani tomosha qilgan hakam penalti yo'qligini malum qildi. "Fiorentina" hujum qilar, bosimni daqiqa sayin oshirardi, lekin jamoa himoyachilari ancha yuqori nuqtada raqibni kutib olgani tufayli jazolanishdi. Gabbaron himoyaga yaqin nuqtadan to'pni oldinga, CHiro Immobile tomonga, yo'lladi tajribali hujumchi esa darvozabon bilan to'qnashuvda sovuqqonlik bilan harakat qildi hamda hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Fialkalar" taslim bo'lish niyatida emasdi, biroq xavfli vaziyat yaratish ham qiyin bo'lardi. Oradan 10 daqiqa o'tib, goldagi vaziyat takrorlangandek bo'ldi. Immobile yana barchadan qochib ketdi, golkiperni aldab o'tib, bo'sh qolgan darvoza tomon yo'lladi hamda to'pni qaytaraman degan Biragi "podkat"da uni o'zi bilan darvozaga olib kirib ketdi. "Lacio" muhim g'alabani qo'lga kiritdi, "Fiorentina" esa yana raqibning qarshi hujumlaridan aziyat chekmoqda.


"Atalanta" "Kalyari"ga yutqazib qo'ydi (1:2)

Har ikki jamoada tarkib bilan bog'liq muammolar bor edi. Ammo o'yin startida bu unchalik sezilmasdi. Malinovskiy o'z uslubida zarba berdi va Kranoni tekshirib ko'rdi, lekin golkiper ishonchli harakat qildi. Taxminan 10-daqiqadan kurash asosan maydon markazida kechdi. "Kalyari" uzoq masofalardan zarbalar berar, lekin xavfli vaziyatlar yuzaga kelmasdi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq Dalbertning ajoyib uzatmasidan Gaston Pereyro to'pni qabul qilib, yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. Ko'p o'tmay, u birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, lekin Musso tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatildi. Bu harakati uchun raqib qizil kartochka ishlab oldi. Kamchilikda bo'lsa-da "Atalanta" hujumkor o'yin ko'rsatishga urinardi va bu samarasini berdi. Sapataning zarbasi va kiperning seyvidan keyin Palomino boshi bilan hisobni tenglashtirdi. "Atalanta" yana gol urishga oshiqdi, biroq buning natijasida qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Bellanova o'ng qanotdan oldinga o'tib borib, uzatmani amalga oshirdi va Pereyra dubl rasmiylashtirdi. Qolgan vaqt davomida "Atalanta" muvozanatni tiklashidan ko'ra, "Kalyari" uchinchi golni urishga yaqinroq edi. Bu holat Jan Pero Gasperinini o'ylantirmasdan iloji yo'q. "Kalyari" bu g'alabadan so'ng xavfli zonani tark etdi.


Nozima Zaripova tarjimasi
Sergey Rumyancev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика