"Milan" "Bavariya" sobiq o'yinchisini 40 mln evroga transfer qilishga yaqin
09 iyu 16:41
Yangiliklar
"Milan" "Bavariya" sobiq o'yinchisini 40 mln evroga transfer qilishga yaqin
"Milan" Joshua Zirkzeening transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga siljidi.
Italyan klubi hozirda hujumchi uchun kurashda "Arsenal" va "Yuventus"dan o'zib ketgan. Qayd etish kerakki, "Bolonya" o'yinchisi Italiyada qolmoqchi, u shuningdek klubda Zlatan Ibragimovich borligini ham qadrlaydi.
Oldinroq, bitimning amalga oshishiga futbolchi agentining yuqori komissiyasi to'g'anoq bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi. Ammo, "Milan" direktori Jeffri Monkada Londonda Kia Jurabchian bilan uchrashdi va bu kelishuv rivojlanishiga xizmat qildi. Klub natijada komission narxni 15dan 10 mln evrogacha tushirishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning 23 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 40 million evro etib ko'rsatilgan.
Fikrlar