"Milan" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018, 13:40
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal qishda klubini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vidalga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Rossonerlar chililik Kataloniya klubida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan xabardor va bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.

Oldinroq, "Yuventus" va "Manchester Yunayted" Arturo Vidalni xarid qilish niyatida ekanligi e'lon qilingan edi. Chililik yarim himoyachi joriy mavsum "Barselona" safida LaLiganing 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport