"Milan" "Ayaks" yarim himoyachisi uchun 50 mln. evro taklif qilmoqda
29 mar 2019 16:24
Yangiliklar


"Milan" "Ayaks" yarim himoyachisi uchun 50 mln. evro taklif qilmoqda
"Ayaks" yarim himoyachisi David Neres tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.
22 yoshli braziliyalik xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. "Rossonerlar" Neres transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborishdi. Agar milanliklar CHempionlar ligasiga chiqishsa, u jamoaning asosiy transfer maqsadiga aylanadi.
Futbolchi va "Ayaks" o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, agar klub munosib taklif olsa futbolchini qo'yib yuboradi. "Milan" Neres uchun 50 mln. evro va bonuslar taklif qilmoqda.
David Neres joriy mavsum Gollandiya chempionatining 23ta o'yinida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar