"Milan" Allegrini qaytarishni istaydi
10 jan 2020 19:24
Yangiliklar
"Milan" Allegrini qaytarishni istaydi
"Milan" rahbariyati ayni damda ishsiz bo'lib turgan Massimilano Allegrini bosh murabbiylik postiga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "rossonerilar" xo'jayinlari Allegri boshqaruvida "Milan" yana yuqori o'rinlar uchun kurasha olishini va sovrinlarga ega chiqishini taxmin qilishmoqda.
Allegri 2010-2014 yillar davomida "Milan"ni boshqargan va 2010/11 yilgi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritgan.
U so'nggi jamoasi "Yuventus"ni o'tgan yilning may oyida tark etgandi.
Fikrlar