Milan A seriyada restartdan keyin eng ko'p gol urgan jamoa
19 iyu 2020 07:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582073_original.jpg)
![](/upload/storage/582073_220.jpg)
Milan A seriyada restartdan keyin eng ko'p gol urgan jamoa
Italiya chempionatining 34-turida “Milan” o'z maydonida “Bolonya” ustidan (5:1) yirik hisobda zafar quchdi.
Ushbu g'alabadan keyin Pioli shogirdlari A seriya restartidan so'ng 25 ta gol kiritib, bu borada A seriya jamoalari orasida hozircha eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etib turishibdi, deya xabar bermoqda Opta Paolo.
Ushbu g'alabadan keyin “Milan” ochkolari sonini 56 taga etkazib, turnir jadvalida “Napoli”ni (53) quvib o'tdi va oltinchi pog'onaga ko'tarildi. Milanliklar mana 9 uchrashuvdirki A seriya bahslarini mag'lubiyatsiz o'tkazishmoqda. Keyingi turda ular 21 iyul kuni safarda “Sassuolo” mehmoni bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar