Miklyaev: “Bugun g'alaba qozonsak ham bo'lardi, biroq...”
17 mar 2018 23:33
Yangiliklar
Miklyaev: “Bugun g'alaba qozonsak ham bo'lardi, biroq...”
“Navbahor” – “Lokomotiv” (2: 0) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Bugun stadionda ajoyib atmosfera bo'ldi. Muxlislarning bunday qo'llab-quvvatlashi ostida har qanday jamoa ham o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga urinadi. Bugun biz yomon o'ynamadik. Lekin vaziyatlarni unumli yakunlashda omadimiz kelmadi. Afsuski, so'nggi bir nechta o'yinda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Aslida bugun g'alaba qozonsak ham bo'lardi. Biroq raqib bizni qarshi hujumlarda jazolab ketdi. Nima har derdik, bu – futbol. Kelasi o'yinlarda g'alaba qozonishga urinamiz, - dedi tajribali mutaxassis.
"Lokomotiv" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar