Mikel Arteta: “O'yinimizni ko'p jihatdan yaxshilashimiz kerak”
20 sen 2020 08:33
Yangiliklar
Mikel Arteta: “O'yinimizni ko'p jihatdan yaxshilashimiz kerak”
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 2-turi doirasida “Vest Xem Yunayted” ustidan (2:1) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'yindan oldin men yigitlarga “Vest Xem”ni mag'lub etish qiyin bo'lishini takidlagandim. Dastlabki 15 daqiqada biz raqibga keragidan ortiq imkon berib, o'z ishimizni qiyinlashtirib yubordik. SHunga qaramay, kurashishda davom etdik, o'z rejalarimizni amalga oshira oldik va yakunda g'alabaga erishdik. Ko'plab vaziyatlarni yaratdik, ammo o'yinimizni ayrim jihatlarini kuchaytirish ustida jiddiy ishlashimiz lozim bo'ladi”, deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
APL 3-turida “Arsenal” safarda “Liverpul” mehmoni bo'ladi. “Vest Xem Yunayted” esa o'z maydonida “Vulverxempton” bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar