Mikael Silvestr: "Marsyal bor kuchi bilan ishlab, sabr qilishi lozim"
08 fev 2017 20:02
Yangiliklar
Mikael Silvestr: "Marsyal bor kuchi bilan ishlab, sabr qilishi lozim"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Mikael Silvestr franciyalik hujumchi Antoni Marsyalga klubdan ketish borasida shoshilinch qaror qabul qilmaslikni maslahat berdi.
"Marsyal o'tgan mavsum mankunianliklarning eng yaxshi to'purari bo'ldi, lekin bu yil u boshqa o'yinchi. Men uni sabrli bo'ladi va bir paytlar Pogba "Yuventus"ga ketib qolgani kabi yo'lni tutmaydi deb o'ylayman. Hozir Antoni xarakter va jasurlik ko'rsatishi, bor kuchi bilan ishlashi lozim. Unda Ibragimovichdan, Runidan o'rganish imkoni mavjud. Bu yigitlar sovrinlar yutish uchun nima kerakligini bilishadi. Bu yosh hujumchiga o'sish va rivojlanish uchun eng yaxshi joy. Bu Markus Reshfordga ham tegishli", - deydi Silvestr.
Fikrlar