So’nggi yangiliklar

07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  0 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16

Mikael Sekeyra: "VAR bilan bog'liq to'xtalishlar hisobiga o'yinimiz yaxshi chiqmadi" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "VAR bilan bog'liq to'xtalishlar hisobiga o'yinimiz yaxshi chiqmadi"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o'z maydonida "Navbahor" jamoasini qabul qildi va 1:2 hisobida yutqazdi.





Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin oson o'tmadi. VAR bilan bog'liq to'xtalishlar hisobiga o'yinimiz yaxshi chiqmadi. Jamoamizdagi futbolchilar ham qo'lidan kelgancha harakat qilishdi. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Nima ham derdim, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bor gap shu",- deya gap boshladi Sekeyra.

- "Lokomotiv" ikkita turdan beri yaxshi o'ynab mag'lubiyatga uchramoqda. Jamoada ichki muhit qanday? Navbatdagi o'yinlarda g'alabaga umid qilsa bo'ladimi?
- Ikkita o'yinda ham futbolchilarim yomon o'yin ko'rsatishmadi. Ayrim vaziyatlardagi to'p yo'qotishlar mag'lubiyatga uchrashimizga sabab bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Yigitlar berilgan vazifani bajarishdi. To'g'ri mag'lub bo'ldik, bunga men javobgarman. Oldinga intilishda davom etamiz.

- Yuqorida o'yinchilarda ayb yo'qligi, barcha ko'rsatmalaringizni to'liq bajarishgani haqida aytdingiz. "Navbahor"ning g'alaba golini zahiradan maydonga tushgan o'yinchilar yuzaga keltirganini hisobga olsak, bugun Viktor Jalilovga taktik tomonlama yutqazganingizni tan olasizmi?
- Men bu erga ko'rib o'yinlar, jarayon boshqacha ekanligiga guvoh bo'ldim. Buni ikki oy ichida o'zgartirib bo'lmaydi.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика