So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  9 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  230 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16 18:27А Серия. "Ювентус" ўз уйида "Эмполи"ни йирик ҳисобда таслим этди, Коло-Муанидан дубль  4

Mikael Sekeyra: "Bardanka haqidagi savolni yopmoqchiman. "Lokomotiv"da halol odamlar ishlaydi" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Bardanka haqidagi savolni yopmoqchiman. "Lokomotiv"da halol odamlar ishlaydi"

Coca-Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Birinchi bo'limning o'zidayoq yigitlar sifatli futbol namoyish etishdi. O'yin uslubimizga tanlangan rejani to'g'ri bajarib berishdi. "Lokomotiv"ning mavsumdagi eng chiroyli o'yinlaridan biri bo'ldi deb hisoblayman. CHunki "Nasaf" juda kuchli jamoa hisoblanadi. O'zimning fikrimcha, bugun ideal o'yin ko'rsata oldik.

- "Istiqlol" jamoasi bilan o'yinda ham Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynamagandi, jarohati bor ekan. Azizbek Amonov o'sha o'yindayam zaxiradan qo'shilib gol urgandi. Bugun asosiy tarkibda tushib 2 ta gol urdi. Bu futbolchi haqida fikringiz qanday?

- To'g'risini aytsam, indivudial gapirishni yoqtirmayman. Umumiy jamoa haqida aytishim mumkin. Bugungi o'yinda alohida gapirishga o'rin yo'q, bugun jamoaviy chiroyli o'yin ko'rsatib natijaga erishdik. Klubimizning barcha azolarini tabriklayman. Yordamchi murabbiylarim o'yinga tayyorgarlik borasida juda yaxshi ishlashdi. Portugaliyada bo'lgan vaqtimda yordamchi murabbiylarim o'z vazifalarini alo darajada bajarishgani bugungi o'yinda ko'rindi. O'zbekistonga yana qaytganimdan xursandman. Avvalgi o'yinlarimizda jamoaga nimadir etishmayotgan edi. "Lokomotiv" har doim yaxshi o'ynayotgandi, lekin omad kelmayotgandi. Portugaliyadan o'sha etishmayotgan jihatni olib keldim shekilli (kuladi). Yana bir barchani tabriklayman va rahmat aytaman.

- Jamoani kuchaytirish uchun tushirilgan futbolchilar himoyaga asoslanganini ko'rishimiz mumkin. Bu o'yinning borishidan kelib chiqib amalga oshirildimi yoki zaxirada hujumkor futbolchilar yo'qligi uchunmi?


- Biz shu paytgacha har-xil uslubda o'ynab ko'rdik. Oldin amalga oshirilgan uslublardan ozroq olib shu uslubga o'tdik. Yaxshi savol berdingiz, O'zbekistonda bu uslub juda qo'rqinchli emas. Kengroq ochilib bo'sh joylardan foydalanishni bilish kerak. "Lokomotiv" mavsum boshidan shunaqa uslubda o'ynayotgandi. "Nasaf"ga qarshi tanlagan uslubimiz ish berdi deb o'ylayman.

- Jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida bir qator xaridlarni amalga oshirdi. Tarkibga jalb etilgan futbolchilar bosh murabbiy tomonidan tanlandimi? Diego Bardanka iqtisodiy qiyinchilik tufayli jamoani tark etganini aytdi, bu to'g'rimi?


- Birinchi navbatda Bardanka haqidagi savolni yopmoqchiman. U oilaviy sharoiti tufayli ketgan. "Lokomotiv" katta klub va moliyaviy muammolari yo'q. Klubda halol odamlar ishlaydi, oylik maoshlar vaqtida berib kelinmoqda.

Tarkibga jalb etilgan futbolchilar o'zimning qarorimga ko'ra tanlandi. Xuddi bugungi kabi ishtiyoqli o'yinni kutgandim. "Nasaf" juda yaxshi shakllangan jamoa. "Lokomotiv" yana o'ziga o'xshab o'yin namoyish etayotganidan xursandman.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика