Michel: "Olimpiakos" huddi "Atletiko" kabi o'ynadi"
17 sen 2014 16:05
Yangiliklar


Michel: "Olimpiakos" huddi "Atletiko" kabi o'ynadi"
"Olimpiakos" bosh murabbiyi Michel "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) so'ng, o'z jamoasi huddi raqibdek o'yin namoyish etgani haqida takidladi.
"Biz ular o'z futbolini o'ynamasliklari uchun hamma ishni qildik. SHogirdlarim o'z rollarida yaxshi harakat qilishdi. Biz haqiqiy jamoa edik - huddi Simeone shogirdlari kabi. Jamoamiz ularni o'z zonalarida o'ynashga bermadi, mana shunday o'yinni "Atletiko"ning o'zi ko'rsatadi. Bunday bahslar xar doim ham bo'lavermaydi. SHunday o'yindan keyin ketma-ket ikkinchi bor nimchorak finalga chiqsak yaxshi bo'lardi" - deydi Michel.

Fikrlar