MFL. O'zbekistonlik futbolchining goli "Nefteximik"ga "Luch" ustidan ishonchli g'alabani taqdim etdi
09 noy 2019 12:14
Yangiliklar


MFL. O'zbekistonlik futbolchining goli "Nefteximik"ga "Luch" ustidan ishonchli g'alabani taqdim etdi
Bugun ertalab Milliy Futbol Liga (FNL) 22-tur doirasida "Luch" va "Nefteximik" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
Ijara asosida "Nefteximik"da o'ynayotgan hamyurtimiz Vagiz Galiulin bu turda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. O'yinning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan Vagiz Galiulin 81-daqiqada o'z o'rnini Artur Gilyazetdinovga bo'shatib berdi.
MFL. 22-tur
"Luch" - "Nefteximik" 0:2 (0:0)
Gollar: Makarov, 52 (0:1), Galiulin, 54 (0:2)
"Nefteximik" Rossiyada mavqei jihatidan ikkinchi o'rinda turadigan MFL (FNL) chempionatida hozircha 5-o'rinda bormoqda.
Qayd etish kerakki, Galiulinning transfer huquqi "Tambov"ga tegishli va u hozirgi jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2008-2012 yillar mobaynida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
ROSSIYA MILLIY FUTBOL LIGASIDAGI HOLAT BILAN TANISHING
O’xshash yangiliklar

Fikrlar