Mexdi Benatia: "CSKA bilan o'yinda maydonda uxlab qolish mumkin edi"
01 okt 2014 14:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146367_original.jpg)
![](/upload/storage/146367_220.jpg)
Mexdi Benatia: "CSKA bilan o'yinda maydonda uxlab qolish mumkin edi"
"Muxlislarning hayqirig'isiz maydonda uxlab qolish mumkin edi. Ammo asosiysi g'alaba qozondik. CSKA birinchi o'yinni Rimda boy bergan va bugungi uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilishi aniq edi. Buni bilar edik. Raqiblarimiz "Roma"ga qarshi o'ynagandan ko'ra, bizga yaxshiroq qarshilik ko'rsatishdi. Ularda gol urish uchun ikki-uch imkoniyat bo'ldi. Lekin biz kerakli uch ochkoga ega bo'ldik.
Albatta, CHempionlar ligasida oson o'yinlar bo'lmaydi. CSKA kuchli jamoa, ularning tarkibida juda tez va yaxshi texnikaga ega bo'lgan futbolchilar bor. Ular bizga qiyinchilik tug'dirishi mumkin edi, ammo biz o'z yo'limizda qoqilmay davom etyapmiz. Jamoamiz ikki uchrashuvda olti ochko to'pladi. Guruh bosqichida yuz foizlik natijani qayd etmoqchimiz" - deydi Benatia.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar