Metaratings.ru: Valeriy Karpin va klub prezidenti Rostovdan ketadi
11 iyu 2020 21:02
Yangiliklar
Metaratings.ru: Valeriy Karpin va klub prezidenti Rostovdan ketadi
Rostov klubi rahbariyatida katta o'zgarishlar sodir bo'lishi kutilmoqda.
«Rostov» investori va prezidenti Artashes Arutyunyanc, bosh murabbiy Valeriy Karpin va sport direktori Aleksey Riskin klubni tark etadi, bu haqda Metaratings.ru xabar berdi.
Artashes Arutyunyanc — «Yujniy kapital» kompaniyasi rahbari va 2017 yil «Rostov» prezidenti etib tayinlangandi.
Valeriy Karpin 2017 yil 19 dekabr kuni «Rostov» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. SHu yilning fevral oyida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgandi.
27 turdan so'ng «Rostov» Rossiya chempionatida 43 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikrlar