“Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakamlari o'zgardi
28 fev 2018 20:43
Yangiliklar


“Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakamlari o'zgardi
1-tur doirasidagi “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakami vazifasini bajaruvchi T.Gaynulin va A.Capenko o'rniga R.No'monov hamda D.Saylavov almashtirildi.
Sababi, mazkur uchrashuv 2 martga belgilangan vaqtda unda xizmat qiluvchi hakamlar guruhi elon qilingandi. O'yin bekobodliklarning iltimosiga ko'ra 2 martdan 4 martga ko'chirildi. T.Gaynulin va A.Capenko esa 4 mart kuni ertalab Malayziyada tashkillashtiriladigan hakamlar seminarida ishtirok etish uchun jo'nab ketishlari lozim. SHu munosabat bilan Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hakamlar almashtirildi.
“Metallurg” – “Navbahor”
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), R.No'monov (Toshkent), D.Saylavov (Toshkent), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog'aev (Toshkent).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar