So’nggi yangiliklar

05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  2 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  3 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  177 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0

“Metallurg” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

“Metallurg” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  MetallurgNasaf
“Nasaf” O'zbekiston Professional Futbol Ligasining 12-tur uchrashuvini safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv Bekobod shahridagi “Metallurg” markaziy stadionida soat 17:45da boshlanadi.

Navbatdagi uchrashuv jamoalarning o'zaro 39 – uchrashuvi bo'ladi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta  1998 yili tuqnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarning statistikasiga etibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o'zaro 38 marta tuqnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 25 o'yinda “Nasaf” jamoasining qo'li baland kelgan. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 9 uchrashuvda bekobodliklar g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati bo'yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o'z qo'llarida ushlab turishibdi – 30:67.

Bu jamoalarning o'tkazilgan to'rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz ettita to'p yo'llashga muvaffaq bo'lgan.

Mazkur jamoalar o'tgan yilgi chempionatda so'nggi bor Qarshida kuch sinashishgan, unda “ajdarlar” 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Uchrashuvda Dragan CHeran dubl qayd etgan, yana bir gol Hikmat Hoshimov tomonidan o'z darvozasiga kiritilgan. Uchrashuv videosharhi.

Bekobodda o'tgan uchrashuvlar haqida


Bekobodda bo'lib o'tgan 19 uchrashuvning 8tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. Uch uchrashuvda durang va yana 8 uchrashuvda madanchilar g'alabaga erishgan. Demak, Bekobodda bo'lib o'tgan uchrashuvlarda jamoalar teng natijalarga erishgan. Navbatdagisi Bekobod  shahridagi 20-uchrashuv sifatida tarixga kiradi.

Quyida Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi 5ta  uchrashuvning natijalarini etiboringizga havola qilamiz:

16.05.2016.  9-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0
30.09.2015.  24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:1
12.09.2014.  22-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:2
29.09.2013.  24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 2:1
18.08.2012.  18-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0
 

Ko'rib turganingizdek, “Nasaf” Bekobodda “Metallurg”ni so'nggi bor 2015 yilgi chempionatda mag'lub etgan.

Uchrashuv hakamlari


“Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvini FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi, ikkalasi ham Toshkent shahridan. Uchrashuvda zahira hakami sifatida Igor Gormashev ishlaydi. Hakamlar ishini Igor Nexochin nazorat qiladi. Namangan shahridan.

Uchrashuvga PFL vakili sifatida Aleksandr Frolov tashrif buyuradi.

O'zPFL 12-tur
“Metallurg” (Bekobod) – “Nasaf” (Qarshi)
26.05.2017. “Metallurg” markaziy stadioni. 17:45da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo  Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Igor Gormashev (Toshkent)
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan)
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov (Toshkent).

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov bu yilgi  chempionatda jamoamiz ishtirokidagi 2ta uchrashuvni boshqargan, shulardan bittasida g'alaba va yana bittasida jamoamiz mag'lubiyatga uchragan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Nasaf” jamoasi ayni paytda 20 ochko to'plagan holda, turnir jadvalining 2-pog'onasini egallab turibdi. “Metallurg” jamoasi 8 ochko bilan so'nggi 16-pog'onada bormoqda. O'tgan turda jamoamiz G'uzorda “Mashal” jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. “Metallurg” jamoasi esa safarda “Olmaliq” jamoasiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

“Metallurg” - “Nasaf” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 25 may payshanba kuni soat 17:30da boshlanadi. Jamoalarning asosiy tarkiblari  o'rtasidagi uchrashuv esa, 26 may juma kuni “Metallurg” markaziy stadionida soat 17:45da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика