"Metallurg" - "Lokomotiv" o'yinida kuchlar teng keldi
25 iyu 2016 20:15
Yangiliklar


"Metallurg" - "Lokomotiv" o'yinida kuchlar teng keldi
Bekoboddagi o'yinning 1-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Zohid Abdullaev
hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvning 30-daqiqasida Dilmurod Karimov ikkinchi
bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 2:0.
62-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni qisqartirdi - 2:1. Oradan ikki daqiqa o'tib Ignatiy Nesterov jarima maydoni tashqarisida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun qizil kartochka oldi.
O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Sanjar SHoahmedov hisobni tenglashtirdi - 2:2. Oradan ko'p o'tmay Murodjon Toshmatov yana "Metallurg"ni oldinga olib chiqdi - 3:2.
Hakam tomonidan qo'shilgan daqiqada Islom To'xtaxo'jaev jarima to'pidan hisobni tenglashtirdi - 3:3.
Metallurg (Bekobod) – Lokomotiv (Toshkent) 3:3
25 iyun 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:00
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.
Gollar: Zohid Abdullaev 1, - 1:0. Dilmurod Karimov 30, - 2:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 62, - 2:1. Sanjar SHoahmedov 80, - 2:2. Murodjon Toshmatov 84, - 3:2, Islom To'xtaxo'jaev, - 3:3
"Metallurg":
32. Suhrob Sultonov, 4. Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor
Odilov (19. Ergash Ismoilov, 74), 13. Javohir Esonqulov, 14. Davron
Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Murod
Toshmatov, 40. Islombek Qobilov, 70. Jahongir Abdumo'minov (9. Farhod
Namozov, 30).
Zaxira: 91. Zafar Safoev, 10. Jasur Hakimov, 27. Muhammadodil Qahramonov, 50. SHohnazar Norbekov, 77. Saidjon Abdujabborov.
"Lokomotiv":
1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev (8. Server
Jeparov, 46), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 15. Sardor Mirzaev, 18. Timur
Kapadze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Sanjar SHoahmedov, 33. Oleg Zoteev,
37. SHerzod Fayziev (12. Mamur Ikromov, 65), 44. Sergey Proxorov
Zaxira: 7. Sadriddin Abdullaev, 21. Doniyor Usmonov, 24. Xurshid Muxtorov, 29. Quvondiq Ro'ziev, 70. Ivan Nagaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar