So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  2 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

“Metallurg” Jizzax sari yo'l oldi Yangiliklar

“Metallurg” Jizzax sari yo'l oldi

Ertaga mamlakat milliy chempionatining 16-tur uchrashuvida maydonga tushish uchun Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun ertalabdan Jizzax sari yo'lga chiqdi.

Mazkur uchrashuv uchbu jamoalarning o'zaro 30-o'yini bo'ladi. Ortda qolgan 29 ta o'yinning 11 tasida bekobodliklar, 12 tasida esa jizzaxliklar zafar quchishgan. 6 ta o'yinda esa kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi 44:40, “So'g'diyona” foydasiga.

Jamoalarning shu yil birinchi davrada Bekobodda o'tgan uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgandi. “Metallurg” to'purari Zohid Abdullaevning ikki goliga Farrux SHotursunov bitta aniq zarbasi bilan javob qaytargandi. Ikkinchi davrada javob goli muallifi endi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi. SHotursunov bekobodliklar tarkibida “Bunyodkor”ga qarshi O'zbekiston kubogining chorak final, dastlabki o'yinida debyutini o'tkazdi va bekobodliklarning golida assistentlik qildi. Jizzax safariga “Metallurg” o'zining optimal tarkibida yo'l oldi. barcha futbolchilar salomat, jarohat olganlar ham safga qaytishdi. Safar oldidan “Metallurg” himoyachisi Islom Qobilov O'zbekiston U-19 jamoasida Toshkentda bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda qatnashish uchun taklifnoma olganligini ham aytib o'tmoqchimiz.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvini tajribali hakam Hasan Ro'ziev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Olimjon Abduvosilov hamda Sanjar SHoyusupovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Komiljon Rasulov esa bugun yoshlar tarkiblari o'yinida bosh hakam vazifasida ishlaydi. Hasan Ro'ziev bu yilgi mavsum hisobidan “Metallurg” ishtirokidagi birinchi o'yinda ishlasa, jizzaxliklarning Namanganda “Navbahor”ga qarshi safar o'yinida faoliyat yuritgan. O'sha uchrashuvda hisob ochilmagandi – 0:0.


So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика