"Metallurg": 29 yanvar kuni "Navbahor" bilan o'ynaymiz, 15 fevralda Turkiyaga boramiz
25 jan 2014 21:12
Yangiliklar

"Metallurg": 29 yanvar kuni "Navbahor" bilan o'ynaymiz, 15 fevralda Turkiyaga boramiz
O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Metallurg" “Bunyodkor” va “Neftchi”ga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozongach, keyingi ikki nazorat uchrashuvida imkoniyatni boy berdi.
23 yanvar kuni "Metallurg" jamoasining asosiy tarkibi poytaxtimizdagi "CHilonzor" stadionida “Paxtakor” 1:4 hisobida yutqazib qo'ygan bo'lsa, ertasi kuni yoshlar tarkibimiz Yangierda oliy ligaga qaytgan Muborakning “Mashal” klubi ikkinchi tarkibiga 0:3 hisobida boy berdi.
Ayni paytda har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlarda qatnashayotgan jamoamiz 29 yanvar kuni Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Navbahor” bilan kuch sinashadi.
“Metallurg” futbol klubi fevral oyining 15-sanasidan etiboran yig'inni Turkiyada – Antaliyada davom ettirishni rejalashtirmoqda. Futbolchilarimiz xorij safarida o'quv-mashg'ulotlari bilan bir qatorda 3 ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.

Fikrlar