“Metallurg-2016”: Jamoa sardori barchaga o'rnak bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2016, 13:26
2016 yilgi mavsumni bir tekis o'tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasida bir qator e'tiborga molik natijalar qayd etildi.

Ulardan birinchisi jamoa sardori Hikmat Hoshimov chempionatning 2-turidayoq safarda “Mashal”ga qarshi uchrashuvda oliy ligadagi 400-uchrashuvini o'tkazishi bo'ldi. Bu bilan u 400-lik davondan oshib o'tgan 11-o'yinchiga aylandi. H.Hoshimovga qadar oliy liga bahslarida A.Aliqulov, A.Berdiev, R.Berdiev, V.Keldiev, N.Hasanov, M.Qurbonov, A.Soliev, B.Qoraev, X.Karimov hamda A.Toirovlar to'rt yuzdan ko'proq o'yinlarda maydonga tushgandi. Hoshimov esa mavsum oxirigacha barcha uchrashuvlarda jamoadoshlarini maydonga boshlab tushib, hali futbolchilik faoliyatini bemalol davom ettira olishini isbotladi. U bu yil ham o'tgan mavsumdagi singari 30 ta o'yinda to'liq ishtirok etgan yagona futbolchi sifatida jamoadoshlariga o'rnak bo'ldi.


“Metallurg” murabbiylari xuddi 2015 yilgi mavsumdagi singari bu yil ham asosiy tarkibda 20 ta futbolchi xizmatidan foydalandi. Jamoa sardoridan tashqari qanot yarim himoyachisi Murodjon Toshmatov ham 30 ta o'yinda ishtirok etdi. Faqatgina u maydondagi daqiqalar bo'yicha sardordan ortda qoldi. Jamoa pleymeykeri Dilmurod karimov esa ogohlantirishlar bois bitta uchrashuvni o'tkazib yuborgan bo'lsa, yana ikki tajribali o'yinchi – Davron Karimqulov hamda Zohid Abdullaevlarni murabbiylar 28 tadan uchrashuvda maydonga tushirishdi. “Metallurg” futbolchilarining 2016 yilgi mavsumdagi ulushlari bilan quyidagi taqvimda tanishishingiz mumkin: 


#       

Ismi sharifi                                 

O'yinlari soni      

Daqiqasi     

1.

Hikmat Hoshimov

30

2700

2.

Murodjon Toshmatov

30

2641

3.

Dilmurod Karimov

29

2370

4.

Zohid Abdullaev

28

2431

5.

Davronbek Karimqulov

28

2302

6.

Ayubxon No'monov

27

2130

7.

Jahongir Abdumo'minov

27

2000

8.

Suhrobjon Sultonov

26

2340

9.

Doniyor Odilov

26

1963

10

Javohir Esonqulov

25

1850

11.

Mirg'iyos Sulaymonov

23

2013

12.

Farhod Namozov

23

466

13.

Saidjon Abdujabborov

20

1040

14.

Islomjon Qobilov

17

1253

15.

Farrux Shotursunov

11

466

16.

Ergash Ismoilov

10

234

17.

Sherzod Jalilov

8

676

18.

Zafar Safoev

4

360

19.

Sardor Rasulov

4

95

20.

Muhammadodil Qahramonov

2

45


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia