Messining libosini 427 ming evroga sotib olishdi. U ushbu formada "Bernabeu"dagi "Barsa" - "Real" o'yinida 500-golini urgan
03 may 2022 16:28
Yangiliklar


Messining libosini 427 ming evroga sotib olishdi. U ushbu formada "Bernabeu"dagi "Barsa" - "Real" o'yinida 500-golini urgan
Lionel Messining futbolkasi 427 ming evroga xarid qilindi.
Yangi xo'jayin "Barselona" tarkibida 500-golini urgan argentinalik PSJ o'yinchisining futbolkasi uchun 427 680 evro to'ladi.
Messi unda 2017 yilning aprelida "Santyago Bernabeu"da "Real" (3:2) bilan o'yinda 500-golini urgan.
Lionel goldan so'ng futbolkasini echgan va uni tribunaga ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar
01:55
ECHL. "Arsenal" chorak finalning ilk bahsida "Real Madrid"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi 295

Fikrlar