So’nggi yangiliklar

09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  2 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  13 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  6 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  3 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  2 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  2 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  10

Messining jahli chiqdi: o'yindan oldingi gaplari uchun Van Galning oldiga bordi, Davids bilan urushdi va Vegorstga javob qaytardi. Leoni oldin bunchalik g'azabda ko'rmaganmiz... Yangiliklar

Messining jahli chiqdi: o'yindan oldingi gaplari uchun Van Galning oldiga bordi, Davids bilan urushdi va Vegorstga javob qaytardi. Leoni oldin bunchalik g'azabda ko'rmaganmiz...

U ahmoq deb atadi.

Niderlandiyaning Argentina bilan o'yinida ko'plab rakurslar bo'ldi. Bunisi eng qaynoqlaridan.



Leo penaltidan urgan golini shunday nishonladi.


Messi Van Galning oldiga bordi va intervyu paytida Vegorstga murojaat qildi


Messi final hushtagidan so'ng dastlab g'alabani nishonladi, so'ngra Van Gal va uning murabbiylar shtabi oldiga bordi. Jurnalistlarning xabariga ko'ra, Leo "Xo'sh, meni to'xtatdingmi?" degan va qo'llari bilan ishora qilgan.




SHundan so'ng Edgar Davids va Van Galning yana bir assistenti nimalardir haqida gaplashdi.



Messi intervyu berishga yo'l oldi va u erda ham raqib murabbiyi haqida gapirishda davom etdi:


"Van Gal o'zini huddi uning jamoasi qiziqarli futbol o'ynayotgandek tutmoqda. Aslida, ular shunchaki baland bo'yli o'yinchilarni jarima maydonchasiga yuborishmoqda va u erga to'pni oshirishmoqda.

So'ngra Lionel flesh intervyu paytida Vaut Begorstga gapirdi. Kadrga "Nimaga qarab o'tiribsan, ahmoq? Ketaver, ahmoq!" degan so'zlar tushdi.

Messi tushuntirdi: "Ularning 19-raqami [Vegorst] o'yindan oldin yonimizga keldi, turtdi va provokaciya qila boshlagan holda, har xil gaplarni aytdi". U o'yindan so'ng shunday tarzda javob qildi.

Argentina terma jamoasi sardori hakam haqida ham gapirdi: "Hakam maydonda yomon ishladi. Ular raqib hisobni tenglashtirishini xohlashdi. Gap faqat qo'shib berilgan 10 daqiqada ham emas. Epizodlarni ko'rish kerak. Hakamlar haqida gapira olmayman, sababi adolatli bo'la olmayman – bu uchun jazolashadi".

Messi biroz tinchlanganidan so'ng nega his-tuyg'ularga berilib ketganini tushuntirdi:

"Van Gal kabi tajribali murabbiy o'ziga hurmatsizlik qilishni ravo ko'rganidan g'azablandim. U Argentina terma jamoasi haqida hurmatsizlik bilan gapirdi. Odamlar o'yindan oldin gapirishlarini yoqtirmayman. Ularning murabbiyi bizni hurmat qilmadi. Men raqibga doim hurmat bilan qarayman. Ammo, meni hurmat qilishsa yoqadi. Ular esa bunday qilishmadi".

Anchadan beri Leoni bunchalik g'azabda ko'rmagandik.


Van Gal o'yindan oldin Messini yopish mumkin deb aytgandi


Nima Leoni bunchalik jahlini chiqardi? Van Galning o'yindan bir kun oldingi gapi:

"Rejalarimizni sizlarga ochib bermayman, buni qilsam juda ham ahmoqlik bo'ladi. Ammo, Messini qanday to'xtatish haqidagi savolga javob berish oson: paslar chizig'ini yopish kerak. Bu juda ham qiyin bo'ladi deb o'ylamayman. Ha, Messi – ularning eng kreativ o'yinchisi, ammo u to'psiz unchalik faol emas – bu esa bizning imkoniyatimiz".

Lui o'yindan oldin Argentinaning uch markaziy himoyachi sxemasiga o'tganini bildi va bunga izoh berdi:

"Ularda endi hujumda yana bir o'yinchi kam. SHunday ekan, barchasini Messi qilishiga to'g'ri keladi – siz undan pas kutasiz. Unda esa faqatgina bir hujumchiga pas berish qoladi. Bu menga optimizm bermoqda".



Lui umuman olganda yulduzni yopishni uddaladi. Leo 2ta aniq zarba (biri penaltidan) va 1ta muhim pas berdi. Bundan yaxshirog'ini JCH-2022da faqatgina Meksika terma jamoasi (u erda 1ta zarba va 1ta muhim pas) uddalagandi. Ammo, Messi pressingda ishladi (o'z meyorlari bo'yicha ko'p).

Van Gal o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida shunday dedi: "Ispanchani biroz tushunaman. O'yindan so'ng Argentina terma jamoasi darvozaboni juda ko'p gapirayotganimni aytdi".


"Sizlarni ikki marta zo'rladim". Emiliano Martines penaltilar seriyasidan keyin ham yondi


Van Gal Emiliano Martinesni shunchaki tilga olmadi. Argentina terma jamoasi darvozaboni ikkita qaytarilgan penaltidan so'ng maydondagi qaynoq vaziyat markaziga aylandi. U o'sha paytda Van Galga yoqimsiz gaplarni aytdi. Media "Aston Villa" darvozaboni: "Og'zingni yop, ###### ahmoq! Sizlarni ikki marta zo'rladim!" deb baqirganini yozmoqda.

Martines so'ngra intervyuda nega bunchalik hissiyot bilan munosabat bildirganini aytib berdi:

"Van Gal Niderlandiyada penaltilar bo'lgan taqdirda ustunlik bor ekani va ular yutishini aytdi. U jim o'tirishi kerak deb o'ylayman. Uning so'zlarini telefonga saqlab qo'ydim va o'yindan oldin motivaciya uchun ishlatdim".



Niderlandiya va Argentina o'yini – jahon chempionatidagi eng qo'poli


Niderlandiya va Argentina o'rtasidagi o'yinda hakam Antonio Mateu Laos 15ta sariq kartochka ko'rsatdi. Ispan futbolchilarga hatto penaltilar seriyasida ham (undan oldin ham) ogohlantirishlar berdi.

Yakunda umumiy ogohlantirishlar soni bo'yicha ushbu chorak final jahon chempionati rekordini o'rnatdi – hatto 2006 yilda Portugaliya va Niderlandiya o'rtasidagi "Nyurnberg jangi"da ham 8ta sariq va 4ta qizil kartochka bor edi (ha, ular ham 2ta sariq, ammo ular 1ta qizil kartochka sifatida o'zgargan).

Xo'sh, Argentina yakunda penaltilar seriyasidagi g'alabani shunday nishonladi.


→ VIDEO  JCH-2022. Niderlandiya – Argentina 2:2 (Penaltilar seriyasi 3:4)



Bu chiroyli ko'rinmadi, ammo Nikolas Otamendining o'zi nega g'alabali penaltidan so'ng niderlandiyaliklarga nimanidir ko'rsatganini tushuntirdi:

"Men ularning ko'z oldida nishonladim, sababi ularning o'yinchilaridan biri har gal penalti tepishimizda kelib, o'yinchimizga nimalardir dedi. SHunday ekan, ushbu suratni kontekstda ko'rish kerak – biz ularning harakatiga javoban shunday nishonladik".

Bu esa Otamendining so'zlari isboti: niderlandiyaliklar Lautaro Martinesni zarbasi oldidan qurshab olishgan.



Netherlands

Wout Weghorst - 83', Wout Weghorst - 90', Teun Koopmeiners - 121', Wout Weghorst - 121', Luuk de Jong - 121'

World Cup Final Stage . 1/4-tur

09/12/2022, 23:00

6
:
5
Tugadi

Argentina

Nahuel Molina - 35', Lionel Messi - 73', Lionel Messi - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121', Lautaro Martinez - 121'

Stadion: Lusail Stadium, 88235 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
120'
43'  Jurrien Timber
45'  Wout Weghorst
46'  Marten de Roon (Teun Koopmeiners)
46'  Steven Bergwijn (Steven Berghuis)
64'  Daley Blind (Luuk de Jong)
76'  Memphis Depay
78'  Memphis Depay (Wout Weghorst)
83'  Wout Weghorst
83'  Steven Berghuis
88'  Steven Berghuis
90'  Wout Weghorst
90'  Teun Koopmeiners
91'  Steven Bergwijn
113'  Cody Gakpo (Noa Lang)
35'  Nahuel Molina
35'  Lionel Messi
43'  Marcos Acuna
45'  Cristian Romero
67'  Rodrigo De Paul (Leandro Paredes)
73'  Lionel Messi
76'  Lisandro Martinez
78'  Marcos Acuna (Nicolas Tagliafico)
78'  Cristian Romero (German Pezzella)
82'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
89'  Leandro Paredes
90'  Lionel Messi
90'  Nicolas Otamendi
106'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
110'  Gonzalo Montiel
112'  Lisandro Martinez (Angel Di Maria)
112'  German Pezzella


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика