So’nggi yangiliklar

13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  0 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  2 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  1 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  35 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  4 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  60 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  23 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  44 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  3

Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqiqatmi? Yangiliklar

Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqiqatmi?

Buni vaqt ko'rsatadi.

Lionel Messi mavsumni ajoyib boshladi: Liga 1da "gol+pas" tizimi bo'yicha 5+7 jamg'ardi, CHLda esa ikkita gol va bitta assistga ega. Messi PSJga adaptaciya qildi, ammo uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Uning ushbu mavsum so'nggida Parijdan ketish ehtimoli bor.


Messining ketishi haqida media nima demoqda?


• L'Equipe: Messi umuman PSJda qolishga qarshi emas, unga loyiha o'zgargani yoqmoqda. Ammo, u "Barselona"dan aniq yurish kutmoqchi, sababi Joan Laportaning uni qaytarishni xohlashini biladi.


• Fabricio Romano: Messi JCH-2022dan so'ng qaror qabul qiladi. U futboldan shartnomalarga chalg'imoqchi emas.


• Mundo Deportivo: "Barsa" Messini qaytarishni xohlayotganiga ishonchi komil. Klub bu variantni bahorda muhokama qildi. Ammo, pul evaziga transfer imkonsiz – bu faqatgina Messi erkin agent miqdorida o'tganda amalga oshadi. "Barselona"da to'g'ridan-to'g'ri transfer uchun pul yo'q.



• Get French Football News: hozircha Messining PSJ bilan shartnoma imzolash imkoniyati boshqa klubga ketishidan ko'ra yuqori. Bu PSJ tomonidan allaqachon tayyorlanib qo'yilgan shartnoma bilan bog'liq, ammo tomonlar uni hali muhokama qilishmadi.


• AS: Messi yozda ikki bor Laporta bilan telefon orqali muloqot qildi. Hech kim bu muloqotlar nima haqda bo'lganini bilmaydi.


Nega barcha birdaniga Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirib qoldi?


Kartinani to'liqroq ochish uchun 2021 yilning yoziga qaytamiz. O'shanda klub prezidenti Joan Laporta Xosep Bartomeudan qolgan moliyaviy holatda dahshatga tushganini aytdi: "Barsa"da qarzlar, yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha qiyinchiliklar, past maosh chegarasi bor edi. Bunday shartlarda Messini klubda qoldirishning umuman chorasi yo'q edi.


Bu Laportaning Messi ketishidan keyingi ilk intervyularidan biri:


"Bu biz uchun tragediya. "Barselona" va Leo bo'linmas qismdek edi. Ammo, vaziyat shundayki, hozirda hamkorligimizni to'xtatib turishga majburmiz. Men tasodifan to'xtatib turish haqida gapirmadim. Orzuim – Leoni uyiga qaytarish. U "Barselona"da bo'lishi kerak. Qachondir bu savolga qaytamiz".



"Barselona" bu masalaga bir yildan sal oshiqroq muddatdan so'ng qaytdi. "Barselona" hech bo'lmasa bu masalani o'ylab olish masalasiga qaytgandir, ammo bu erda bir qator qiyinchiliklar bor.


1. "Barselona" aniq Leo Messining PSJdagi maoshini takrorlay olmaydi. Fbref malumotiga ko'ra, bu bir mavsum uchun 60 mln evrodan ortiq maosh. Taqqoslash uchun: "Barsa"da eng ko'p maoshni Frenki de Yong oladi – bir mavsumda 37,5 mln evro. Laporta bunday miqdordagi pulni istisno etdi. O'sha Robert Levandovski ham yiliga 20 mln evro oladi (De Yong, Serxio Buskets va Jerar Pikedan so'ng klubdagi to'rtinchi maosh).


Messi agar jiddiy tarzda qaytish haqida o'ylsa, moliyaviy tomondan ancha pastlashiga to'g'ri keladi.



2. Xavi aniq Messiga asosiy o'yinchi rolini bermaydi. Hozirda klubning falsafasi yosh futbolchilarni o'stirishga qaratilgan. The Athletic xabariga ko'ra, Xavi Messining qaytishiga qarshi emas, ammo uning maydonda emas, kiyin almashtirish xonasida etakchi bo'lishini xohlaydi. Xavi Messi o'ynashga qodir bo'lgan barcha poziciyalarda kerakli futbolchilarni o'ynatib bo'ldi.


Ammo, Messi kelasi yozda 37ga kiradi, shunday ekan, Messining bu rolga ko'nikishiga to'g'ri keladi.


3. Messining Jerar Pike bilan munosabatlari keskinligi haqida insayd bor edi. U Leoning PSJdan ketishidan ancha oldin boshlangan. Ammo, barchasi Pikening Messining ehtimoliy kelishigacha "Barsa"dan ketishiga qarab ketmoqda: u umuman o'yin sifatiga mos kelmaydigan darajadagi maoshni olmoqda – bu "Barselona" rahbariyatini qoniqtirmayapti.



Messining qaytishi hozircha insaydlarda bor. Ammo, bunga umidlar Leoning ketayotganda aytgan gaplari bilan bog'liq: "Nima bo'lishidan qatiy nazar, bu ["Barsa"] mening uyim. Kim biladi: balki qachondir bizning yo'llarimiz yana kesishar".



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика