So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  5 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  75 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Messiga o'xshatishi, O'zbekiston U-17 termasi o'yini va derbi haqida - Abbos Fayzullaev bilan intervyu Yangiliklar

Messiga o'xshatishi, O'zbekiston U-17 termasi o'yini va derbi haqida - Abbos Fayzullaev bilan intervyu

CSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaev "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- Derbi qiziqarli o'tdi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, yaxshi o'ynadik, biroq yanada ko'proq gollar urishimiz kerak edi, ura olmadik. Biz vaziyatlardan foydalanish borasida ishlashimiz kerak. Umuman olganda birinchi bo'limdagi o'yin juda ochiq o'tdi, ko'p hujumlar bo'ldi. Ishlashda davom etishimiz kerak.

- Negadir CSKA "Dinamo" bilan o'yinlarda juda qiynaladi. Bu borada sizlarda qandaydir tushunchalar bormi?

- Ular ham yaxshi jamoa, tarkibida yaxshi futbolchilar ko'p, individual taraflama kuchli. Biz ham har bir uchrashuvda g'alaba qozonish haqida o'ylayapmiz, biroq bugun bunday bo'lmadi. Navbatdagi o'yinda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- O'yin yakunida himoyaviy o'yin ko'rsatishning qanday bo'lishini "Fakel" bilan o'yinda ko'rdik. Uchrashuv tugashi arafasida CSKAning himoyaga yotib olishi sababi nima bilan bog'liq?

- Hech nima bilan bog'liq emas. Bazida o'yinda g'alaba qozonib turgan vaqtda hisobni ushlab turish kerak bo'ladi. Bazida esa hujum qilmasdan hududlarni yopishni vaziyat talab qiladi. Bizga hujum qilish uchun imkoniyat berishmadi, shu sababli bazida shunday bo'lib turadi.

- Balki jamoada himoyada ham hujumda bosim qilishda ham koncentraciya etishmayotgandir?

- Aslida barchamiz himoyaga ishlashimiz kerak, chunki hujum himoyadan boshlanadi. 

- "Dinamo"ning g'alaba golidan keyin Moyzes markazdagi futbolchilarga etiroz bildirdi. Bu etiroz Sizga atalmaganmidi?

- To'g'risi, ispanchani bilmayman, uning gaplarini tushunmadim.

- Bugungi gol+pasdan mamnunmisiz? Umuman olganda Sizni ushbu mavsumda eng yorqin futbolchilardan biri sifatida ko'rishmoqda. Samaradorligingiz o'zingizga maqul kelyaptimi?

- Men shunchaki o'yinlarda g'alaba qozonishni istayman.

- Sovrinni nazarda tutyapsizmi yoki yakuniy hisobni?

- Men uchun jamoaning g'alabasi muhimroq.

- Bugun O'zbekiston termasining U-17 jahon chempionatidagi o'yinini tomosha qildingizmi?

- Ha, tomosha qildim. Jamoa zo'r o'ynadi, oxirigacha kurashdi. Ularga qoyil qoldim.

- So'nggi paytlarda o'zbek futbolidagi bunday o'sishning sababi nimada deb o'ylaysiz? Siz bu erda ajoyib o'ynayapsiz, u erda o'zbek jamoalari ham o'zini ko'rsatmoqda.

- O'zbekistonda yoshlar doimo yaxshi bo'lishgan, iqtidorlilar ko'p. Bizda futbol yaxshi rivojlanmoqda. 

- Nima sababdan?

- Infratuzilma. Yaxshi stadionlar qurilmoqda, ko'p pul ajratilmoqda, akademiyalar yaratilmoqda.

- Sizni O'zbekiston Messisi deyishmoqda. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Messini yaxshi ko'raman, ammo Abbos bo'lishni istayman. U kabi bo'lish osonmas.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика