So’nggi yangiliklar

21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  5 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1

Messi, Xavi, Inesta... "Barselona" yulduzlari Maskerano bilan hayrlashdilar Yangiliklar

Messi, Xavi, Inesta... "Barselona" yulduzlari Maskerano bilan hayrlashdilar

Teglar :  Xaver Maskerano
Argentinalik futbolchi Xaver Maskerano 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

U bir qator nomdor klublarda to'p tepdi. "Barselona" da esa chin manoda porladi. 

Malumot uchun, Maskerano klub safida quyidagi natijalarga erishgan:

ECHL×2

UEFA Superkubogi×2

Ispaniya chempioni×4

Ispaniya Kubogi×2

Ispaniya Supergubogi×3

Kataloniya jamoasi mega yulduzlari Maskerano bilan Instagramdagi sahifalari orqali hayrlashdilar:

Leo Messi: " SHuncha yil deyarli har kuni ko'rishdik, ko'p narslarni birga baham ko'rdik... Biz Argentinada, "Barselona"da ham quvonchli, ham qiyin damlarni boshdan kechirdik. Ketganingizdan beri sizni sog'inamiz. Siz va oilangizga doimo yaxshliklar tilayman"


Xavi:"Xaver, siz bilan o'ynash juda yoqimli va sharafli edi. O'ziga xos professional, u qadar ham etakchilik qobiliyatiga ega bo'lmagan kamtarin shaxs. Ulkan hamda yorqin faoliyatingiz bilan tabriklayman. Yangi hayotingizda omad tilayman, do'stim"

Inesta: "Yangi faoliyatingizda omad yor bo'lsin, do'stim Maske. Kiyinish xonasida siz bilan birga bo'lish, suhbatlashish, uchrashish... Bularning hammasidan mamnunman. CHunki, siz fenomensiz!"


Neymar: "Maske, futbolda erishganlaringiz bilan tabriklayman. Futbolchi va shaxs sifatida fenomensiz! Siz bilan ajoyib damlarni baham ko'rishdan baxtiyor edim. O'zingizni ehtiyot qiling. Kelgusidagi ishlaringizga omad. Hammasi uchun RAHMAT MASKE!"

Luis Suares: "So'ngi 10 yillikning eng muhim yarim himoyachilaridan biri futbolni tark etdi. Sizdek buyuk mutaxassis va buyuk inson bilan kiyinish xonasida unitilmas lahzalarni boshdan kechirish men uchun sharaf. Futbol sizga bergan barcha takrorlanmas onlarni yodda saqlang. Meni "Barselona"da qabul qilganingiz, munosabatingiz uchun minnatdorchilik bildiraman"

CHindan ham Xaver ajoyib inson, takrorlanmas futbolchi edi. "Barsa" muxlislari uning super o'yinlarini aslo unitishmaydi. 

GRACIAS MASCHERANO!


Sarvinoz Raxmonqulova

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика