Messi Verrattini o'z poziciyasidagi etakchi futbolchi deb atadi
11 avg 2021 20:56
Yangiliklar
Messi Verrattini o'z poziciyasidagi etakchi futbolchi deb atadi
PSJning yangi azosi Lionel Messi jamoadoshi Marko Verrattini maqtadi.
— Verratti PSJ uchun Xavi yoki Inestaga aylanishi mumkinmi? Ha, bunga shubha yo'q. U yillar davomida o'zini ajoyib futbolchi va o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshisi ekanligini isbotladi. «Barselona» uni sotib olmoqchi edi, lekin hozirda men uning jamoasida o'ynayman. Men uni yaqindan taniyman, u ajoyib yigit", — dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, Messi PSJ bilan 2023 yilgacha shartnoma imzoladi va bu yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Verratti o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar