Messi va Veynaldum - PSJ - "Lill" uchrashuvining eng yomon futbolchilari
30 okt 2021 19:44
Yangiliklar
Messi va Veynaldum - PSJ - "Lill" uchrashuvining eng yomon futbolchilari
Franciyaning mashhur nashri "L’Equipe" Liga 1 12-turi doirasidagi PSJ – "Lill" o'yinida qatnashgan o'yinchilarga baho berdi.
O'yinning eng yaxshi futbolchisi Anxel di Mariya bo'ldi. U gol urdi va golli pas uzatdi. Unga 10 ballik tizimda 8 ball qo'yildi.
Bir taym o'ynagan PSJ hujumchisi Lionel Messi va xavbek Jorjino Veynaldum 3 balldan olishdi. Bu eng yomon baho sanaladi.
Eslatib o'tamiz, poytaxt klubi o'z uyida amaldagi chempionni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
Fikrlar