Messi va Ronaldu 2004/05 yildan buyon ilk marta ECHL chorak finalida o'ynamaydi
11 mar 2021 08:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624828_original.jpg)
![](/upload/storage/624828_220.jpg)
Messi va Ronaldu 2004/05 yildan buyon ilk marta ECHL chorak finalida o'ynamaydi
"Barselona" va "Yuventus" ECHL 1/8 final bosqichida o'z yurishini to'xtatdi.
SHu tariqa, futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu chorak final ostonasida musobaqa bilan xayrlashdi.
Bunday holat 2004/05 yilgi mavsumdan buyon ilk marotaba ro'y berdi.
O'shanda Messining "Barselona"si "CHelsi"ga mag'lub bo'lgandi. Ronaldu to'p tepayotgan "Manchester Yunayted" esa 1/8 finalda "Milan" to'sig'idan o'tolmagandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar