Messi so'nggi 15 yildagi eng yomon mavsumini o'tkazdi
22 may 2022 11:19
Yangiliklar


Messi so'nggi 15 yildagi eng yomon mavsumini o'tkazdi
PSJ hujumchisi Leo Messi o'z faoliyatidagi eng yomon mavsumlardan birini o'tkazdi.
Forvard ushbu mavsum Franciya chempionatida 6 gol va 14 assist qayd etdi. Bu gol+pas tizimida 20 ochko degani.
So'nggi bora u gol+pas tizimida 2006/07 yilgi mavsumda eng kam ochkosini yig'gandi. O'sha mavsumda argentinalik futbolchi "Barselona" tarkibida 14 gol va 3 assist qayd etgandi.
2020/21 yilgi mavsumda Messi Ispaniya chempionatida 30 gol va 9 assist amalga oshirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar