Messi: “Rotaciya tufayli zaxirada o'tirishim muammo emas”
27 jan 2018 01:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/302394_original.jpg)
![](/upload/storage/302394_220.jpg)
Messi: “Rotaciya tufayli zaxirada o'tirishim muammo emas”
“Barselona” hujumchisi Lionel Messining aytishicha, bosh murabbiy jamoadoshlariga o'yin amaliyoti berish maqsadida uni zaxiraga o'tkazishi futbolchi uchun muammo emas.
“Qarorni murabbiy qabul qiladi. Biz tez-tez u bilan muloqotda bo'lamiz. Men uchun ham, boshqa futbolchilar uchun ham tarkib rotaciyasi bois zaxirada o'tirish hech qanday muammoli holat emas.
Baxtimizga bu mavsumda ishlarimiz kungildagidek ketmoqda. Biz Ispaniya kubogi chorak finalidan ham muvaffaqiyatli o'ta oldik. Bundan xursandmiz. Ammo oldimizda hali ko'plab o'yinlar bor.
“Oltin to'p? Men oldin ham aytganman: individual sovrinlar men uchun asosiy maqsad emas. O'ylaymanki, biz mavsumni yuqori notada yakunlay olaman. Maqsadaimiz doimgidek barcha turnirlarda g'olib chiqish”, deya Messining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
O’xshash yangiliklar
01:41
Paolo Maldini: "Ronaldu – top o'yinchi va kuchli shaxsiyat, ammo men Messini afzal ko'raman" 26
13:37
La Liga eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar TOP-10 - ro'yxatda "Atletiko"dan bitta futbolchi bor 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar