Messi: "Ronaldu jismoniy holati qanday bo'lishiga qaramay, tinimsiz gollar uradi"
21 noy 2013 17:32
Yangiliklar


Messi: "Ronaldu jismoniy holati qanday bo'lishiga qaramay, tinimsiz gollar uradi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi, portugaliyalik yarim himoyachi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.
"Krishtianu Ronaldu hozir o'zining eng yuqori darajasida o'ynayaptimi, yo'qmi, bilmadim. Biroq u har doim tinimsiz ravishda gollar urib, klubi va terma jamoasiga katta foyda keltiradi. U bu ishni ancha yillardan beri amalga oshirib kelyapti. Uning uchun eng yaxshi formasidami, unday emasmi, farqi yo'q", deya Messi so'zlaridan Marca iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar