So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Messi qo'lini sindirib oldi va endi "Real"ga qarshi o'ynay olmaydi Yangiliklar

Messi qo'lini sindirib oldi va endi "Real"ga qarshi o'ynay olmaydi

Teglar :  Lionel Messi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jiddiy jarohat oldi.

Argentinalik forvard 16-daqiqada yarim himoyachilar Arana va Vaskes orasidan o'tayotib yiqilib tushdi va qo'lini juda jiddiy shikastlab oldi.

Bu erda hech qanday qo'pollik bo'lgani yo'q. Leo erga noqulay yiqilib, jarohat oldi.


Futbolchining qo'lini bint bilan bog'lab, zaxira kerakmi yoki yo'qligi haqida o'ylashgunicha (Messi maydon chetida yotardi, butun "Kamp Nou" uni kuzatdi, "Barsa" esa kamchilik bo'lib o'ynayotgan edi) 8 daqiqa o'tib ketdi. AS bergan malumotlarga ko'ra, og'riq tufayli futbolchi shok holatiga tushgan, keyinroq uning boshi aylangan.


Hujumchini almashtirishdi.

Tibbiy tekshiruvdan so'ng Messining o'ng qo'lida sinish borligi aniqlandi. "Barselona" matbuot xizmatining malum qilishicha, davolanishga 3 hafta ketadi.

"Barselona" uchun kelasi hafta juda muhim edi: Jamoa chorshanba kuni CHempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi o'ynardi, yakshanba kuni esa "El Klassiko". Messi 11 yildan beri "Real"ga qarshi bahslarni o'tkazib yubormagandi.

Messi davolanayotgan paytda "Kultural Leonessa"ga qarshi Ispaniya Kubogi bahsi, "Inter" bilan ikkinchi o'yin va "Betis"ga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi.

Leo so'nggi 5ta mavsum davomida jarohat tufayli 30ta uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.

Messi butun faoliyati davomida 2 marta "Real"ga qarshi bahs oldidan jarohat olgan edi: 2006 (1:1 - Ronaldo va Ronaldino gol urishgan) va 2007 yillarda (0:1 - Julio Baptista gol urgan).

Messi 2015 yilda ham "El-Klassiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin edi. O'shanba futbolchi tizzasini jarohatlab olgan va deyarli 2 oy maydonga tushmagan. Biroq u "Real"ga qarshi bahsda 30 daqiqa o'ynay oldi.

Umuman olganda, Messi 16-daqiqada jarohatlanganiga qaramay jamoa uchun foyda keltirishga ulgurdi:

2-daqiqada Koutinoga ajoyib golli pas berdi, keyin o'zi raqib darvozasini ishg'ol qildi.


Reyting: -84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика