Messi: "Oldimizga qo'yilgan maqsad ortidan ketyapmiz"
04 iyu 2021 14:10
Yangiliklar
Messi: "Oldimizga qo'yilgan maqsad ortidan ketyapmiz"
Argentina termasi sardori Leo Messi Ekvador ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. CHunki Ekvador juda og'ir raqib. Gol urgunimizcha juda qiynaldik. Keyinchalik xotirjam bo'ldik. Oradan ko'p o'tmay g'alaba uchun yana bir qadam tashlay oldik.
O'z futbolimizni ko'rsatishga harakat qilyapmiz, ammo oson bo'lmayapti. Maydon sifatida bunga halaqit qilmoqda. Muhim bahs o'tkazdik. Oldimizga kuchli to'rtlikka kirish maqsadi qo'yilgandi. Endi biroz tin olish kerak.
Doimo aytganman: individual sovrinlarning qizig'i yo'q. Biz boshqa maqsadda kelganmiz. Termani tabriklayman. Biz juda katta vazifani bajardik. Endi turnir g'olibligini o'ylash kerak", - dedi Messi.
Fikrlar